date

Andijonda voyaga yetmaganlar mojarosi bo‘yicha chora ko‘rildi


Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi. Joriy yilning 7-noyabr kuni Andijon shahridagi "Mustaqillik" mahallasi, 6-uy yaqinida to‘rt nafar voyaga yetmagan qiz "Shurbuloq" mahallasida yashovchi voyaga yetmagan qizga hujum qilgan.

Hujum qilganlardan biri jabrlanuvchi bilan oldindan tanish bo‘lgan. Mojaro sababi hujum qilganlardan biri bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik bo‘lib, keyinchalik unga yana uch nafar dugonasi qo‘shilgan va ular birgalikda qizga tan jarohati yetkazgan.

Guruh bo‘lib hujum qilish natijasida jabrlanuvchi qiz tan jarohati olgan. Ushbu holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Hujum qilgan qizlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha vazifalarni bajarmaslik" moddasi asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda voyaga yetmaganlar mojarosi bo‘yicha chora ko‘rildi