
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati taniqli futbolchi va murabbiy Tulyagan Isakovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 1949 yilda tug‘ilgan Tulyagan Isakov hayotdan ko‘z yumdi.
U O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Faxriylar kengashi raisi, Murabbiylar kengashi a’zosi va mamlakatda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Assotsiatsiya marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Tulyagan Isakov o‘z hayotini o‘zbek futboliga bag‘ishlagan fidoyi inson edi. Futbolchi sifatida u 13 mavsum davomida "Paxtakor" jamoasi sharafini munosib himoya qilgan, jami 252 uchrashuvda maydonga tushib, 52 gol urgan.
Murabbiylik faoliyati davomida u "Paxtakor", "Zarafshon" va "Surxon" jamoalarini boshqargan. So‘nggi yillarda esa assotsiatsiyaning Faxriylar kengashi rahbari sifatida mamlakat futbolini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shdi.
Isakov yosh avlodni sportga muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham katta e’tibor qaratgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar