2 113
Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish uchun qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum bo‘ldi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi Farrux G‘afforov O‘zbekistonda pulli trassalarni qurishga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar (DTIA) Jahon banki konsultantlari tomonidan ishlab chiqilgan va 2020 yilda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan.
Loyiha bo‘yicha «Investitsiyadan oldingi tadqiqot» (Pre-investment study)ni o‘tkazish bo‘yicha konsultantni aniqlash ishlari boshlanish arafasida. Bir yildan ko‘proq muddat davomida o‘rganish ishlari o‘tkazilgandan so‘ng, xalqaro tender e’lon qilinadi. Shuningdek, o‘rganish ishlari davomida aholidan mazkur loyihaga va yo‘ldan foydalanish uchun to‘lovga munosabati so‘rovnoma orqali aniqlanadi.
Loyihalar bo‘yicha hali qurilish ishlari boshlanmagan. Ikki bosqichli ochiq va shaffof tender asosida tanlangan xalqaro investor bilan DXSH to‘g‘risidagi bitim imzolangandan keyin qurilish ishlari boshlanadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha umumiy qiymati 2 milliard AQSH dollaridan oshadi. 340 kilometrli yo‘l uchun umumiy qurilish davri qurilish ketma-ketligiga ko‘ra 5-10 yilni tashkil etishi mumkin.
Jahon bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘ldan foydalanish narxlari yengil avtomobil va yengil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSH dollari, yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15 AQSH dollari etib ko‘rsatilgan.
DXSH to‘g‘risidagi bitim taxminan 40 yil muddatga tuzilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur qarorda yo‘ldan foydalanuvchilar uchun narxlar o‘zgarishi yoki to‘lovninng ma’lum qismi subsidiya hisobiga qoplanishi yoxud yo‘lning bepul bo‘lishi va imtiyozga ega bo‘lgan foydalanuvchilar ro‘yxati shakllantirilishi masalalariga aniqlik kiritiladi.
G‘afforovning so‘zlariga ko‘ra, pulli trassalarni qurish uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmaydi.
Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘li bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki konsultantlari bilan bitim imzolangan va hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha umumiy kapital xarajatlari taxminan 1,5 milliard dollardan oshadi. 300kilometrli yo‘l uchun umumiy qurilish davri qurilish ketma-ketligiga ko‘ra 5-8 yilni tashkil etishi mumkin.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘ldan foydalanish narxlari yengil avtomobil va yengil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSH dollari, va yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15-20 AQSH dollari etib ko‘rsatilgan.
DXSH to‘g‘risidagi bitim taxminan 30 yil muddatga tuzilishi ko‘zda tutilgan. Loyihani moliyalashtirish davlat budjetidan emas, asosan, xususiy sherik, ya’ni xorijiy investor tomonidan amalga oshiriladi.
«Shuni ta’kidlash lozimki, hali mazkur loyihalar bo‘yicha aniq belgilangan marshrut va narxlar mavjud emas. So‘nggi tasdiqlangan raqamlar hukumat va investorlar o‘rtasida tuziladigan kelishuv asosida aniq bo‘ladi. Aytilgan raqamlar xalqni amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha umumiy tushunchaga ega bo‘lishi uchun ma’lum qilindi», — deyiladi xabarda.
Xalqaro tajribaga ko‘ra, pullik yo‘l qurilganda odatda aholi uchun bepul alternativ yo‘l saqlanib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi