O‘zbekistonda gilos terimi mavsumi 7-10 kun ichida yakuniga yetadi. Bu yilgi mavsum o‘tgan yilga nisbatan ancha baland narxlarda boshlanishiga qaramay, ayni paytda ushbu mevaning ulgurji narxi 2020 yilning mos davridagi narxga tenglashib qoldi.
EastFruit tahlilchilarining fikriga ko‘ra, gilos narxi keskin tushib ketishi mumkin va bunga bir qancha asosli sabablar keltirilgan.
O‘zbekistonda joriy yil gilos mavsumi o‘tgan yilgiga qaraganda taxminan 10 kun kechroq boshlandi. Buni fevral oyining oxiri va mart oyining o‘rtalarida kuzatilgan sovuq ob-havo bilan ham izohlash mumkin. Dastlab mamlakatdagi ichki bozorda gilos narxi ancha baland edi, ammo ayni paytdagi vaziyat gilos narxlariga keskin ta’sir etishi mumkin.
Gilos yetishtiruvchi fermerlar va bog‘bonlar oxirgi 5-6 kun ichida gilosga bo‘lgan talabning ancha «sustlashganini» qayd etishmoqda. Mamlakatdagi yirik gilos yetishtiruvchi hududlardan biri bo‘lgan Farg‘ona viloyatida savdogarlar fermerlardan saralanmagan giloslar kilogrammini 0,5-0,66 dollardan, saralangan mahsulotning kilogrammini esa 0,95 dollardan xarid qilishmoqda.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bunga quyidagilar asosiy sabab bo‘lmoqda:
Birinchidan, tashqi bozorlarda gilosga bo‘lgan talab pasayib ketgan. Bu o‘zbek gilosining asosiy importchisi Rossiya bozorida Turkiya, Eron va Ozarboyjon eksportchilarining faollashuvi va gilos yetkazib berish hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida bu holat ichki bozorda gilos hajmining ko‘payishiga va narxlarning pasayishiga olib kelmoqda.
Ikkinchidan, ob-havo prognozlariga qaraganda, birgina Farg‘ona viloyatida 4-12 iyun kunlari havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi +39 darajani tashkil qiladi. Bu esa o‘tgan yilning mos davrida qayd qilingan ko‘rsatkichdan 9 daraja yuqori. Bu holat hali pishib yetilmagan gilos hosilining tez pishib yetilishi va uning terimi tezlashishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, bu holat gilos bozorida takliflar hajmining keskin oshishiga olib keladi.
Shuni ham hisobga olish kerakki, issiq ob-havo mevalarning tez buzilishiga olib keladi. O‘zbekistonda esa gilosni tez sovitishga mo‘ljallangan uskunalar bilan ta’minlanish darajasi juda past.
Bu omillarning bari ekportchilar tomonidan gilosga bo‘lgan «sust» talablar bilan birlashib, narxga nisbatan bosim o‘tkazadi. Eksportyorlar gilosni O‘zbekiston uchun asosiy savdo bozori bo‘lmish Rossiya bozoriga eksport qilish uchun narxni yanada pasaytirishlari kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi