10:33 / 03.07.2021
10 315

«Agar biz ota-onalarini ham ro‘yxatga kiritsak, davlat xizmatchisi baribir ‘lazeyka’ topadi» - Akmal Burhonov


O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvardan boshlab Prezident farmoni loyihasida davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari hamda o‘rinbosarlari, shuningdek, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.

1 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov «Gazeta.uz»ning nega ushbu protsedura yaqin qarindoshlari — ota-ona, aka-uka, opa-singillar, katta yoshdagi farzandlar va boshqalarni qamrab olmaydi, degan savoliga javob berdi.

«Dastlab, menda barcha qarindoshlar, shu jumladan, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-uka va opa-singillari ham bo‘lishi kerak degan fikr bor edi. Ammo ushbu protsedura to‘liq amalga oshirilgan aksariyat mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar davomida [shuni aniqladikki] deklaratsiyani nafaqat davlat xizmatchilari, balki oddiy fuqarolar ham topshirar ekan», — dedi Akmal Burhonov.

Akmal Burhonovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda faqat davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan bolalarini qamrab olish rejalashtirilgan.

«Ba’zida ularning opa-singillar va aka-ukalar bilan tushunmovchilik kelib chiqishi holati kuzatilishi mumkin. Ularda ‘Nega men akam uchun javobgar bo‘lishim kerak? U davlat xizmatchisi emas-ku. Konstitutsiyaviy huquqlarim... nega buni oshkor qilishim kerak, nega akam uchun javobgar bo‘lishim kerak?’ degan savollar bera boshlaydi. Bolalarga kelsak, ular voyaga yetganidan keyin nimaga ular ota uchun javobgar bo‘lishi kerakligini aytishi mumkin», — dedi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari.

Akmal Burhonov, shuningdek, deklaratsiya tizimi joriy etilgandan so‘ng davlat xizmatchisining ba’zi qarindoshlari oddiygina daromadlari va mol-mulklari to‘g‘risida ma’lumot bermasliklari mumkinligini ta’kidladi.

«Shunday bo‘lishi mumkinki, davlat xizmatchisi turmush o‘rtog‘ining aka-ukalari va ota-onalari noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritishi yoki umuman uni oshkor qilmasligi mumkin. O‘rganish paytida biz davlat xizmatchisiga ma’lumotni kiritmaganini ta’kidlasak, u bunga javoban: ‘Men nima qilishim kerak? Qaynotam (qaynonam) ma’lumot bermadi, biz janjallashgandik’, deydi», — deb tushuntirdi Burhonov.

Agentlik direktori barcha fuqarolar majburiy deklaratsiya tizimiga o‘tguncha har doim bo‘shliqlar (lazeyka) bo‘ladi deb hisoblaydi.
«Agar biz hozirda ota-ona, aka-uka va opa-singillarni ham deklaratsiya beruvchilar ro‘yxatiga qo‘shsak, davlat xizmatchisi baribir ‘lazeyka’ topadi. U mulkni do‘stlari, tanishlari va boshqalar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shuning uchun, birinchi bosqichda, hozircha biz faqat shuni (turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan bolalarini) taklif qilamiz. Tizim amaliyotga tatbiq etilgandan so‘ng zarurat tug‘ilsa, ushbu ro‘yxatni kengaytirish mumkin», — dedi Akmal Burhonov.

Nima uchun davlat xizmatchilarining xarajatlari deklaratsiyaga kiritilmaydi
Prezident farmoni loyihasida davlat xizmatchilarining xarajatlari to‘g‘risidagi band deklaratsiya tizimiga kiritilmagan. Akmal Burhonov xarajatlarning kiritilishi deklaratsiyani tekshiradigan vakolatli organ (Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi) tomonidan korrupsiya omillarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin deb hisoblanadi.

«Xarajatga ovqatlanish va sovg‘alarni ham kiritishimiz kerakmi? Bu jarayonni murakkablashtiradi. Shuning uchun birinchi bosqichda biz ixcham [jarayon] qilamiz», — dedi Burhonov.

Uning fikriga ko‘ra, yil oxiridagi daromad va mol-mulk o‘rtasidagi farqni tahlil qilish birinchi bosqichda katta qadam bo‘ladi.
«Biz mulkni qamrab olishni kengaytirmoqchimiz. Ushbu konsepsiya doirasida biz nafaqat ko‘chmas mulkni, balki avtomobillarni, shuningdek, qiymati ma’lum miqdordan oshib ketadigan ob’ektlarni ham ko‘rib chiqamiz. Bu ham xarajatlarga kiritiladi», — dedi Akmal Burhonov.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oktabr oyida 2020 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

Qarorga ko‘ra, davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Prezidentga ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Agar biz ota-onalarini ham ro‘yxatga kiritsak, davlat xizmatchisi baribir ‘lazeyka’ topadi» - Akmal Burhonov