Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Avval xabar berilganidek, ertaga, 6 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi. U barcha qo‘shni mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, birinchi sammit 2018 yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019 yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi sammitda, avvalo, ilgari erishilgan kelishuvlarning natijalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, savdoni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon etishi kutilmoqda.
Sammit doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va Iqtisodiy forum, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalari konserti ham o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi