18:25 / 24.11.2021
2 394

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ–730-son, 23.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Ushbu Qonunda sug‘urta tavakkalchiligi, sug‘urta tarifi, franshiza, transchegaraviy sug‘urta va boshqa shu kabi asosiy tushunchalarga ta’riflar berildi.

Qonunga ko‘ra, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syuveyerlari, assistans)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yildi.

Qonun bilan sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.
Unga ko‘ra, endilikda sug‘urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yangi qonunni imzoladi