Foto: «SeverPost»
Bayramona taomlar nafaqat salomatlikka zarar yetkazadi, balki Yangi yil kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Yangi yil dasturxoni haqida gap ketganda barchaning ko‘z oldida xilma-xil taomlar-u shirinliklar, sharbatlardan tortib gazli ichimliklargacha paydo bo‘ladi.
Go‘yoki ularsiz bayram dasturxonini tasavvur qilish qiyin. Ammo bu kabi shohona dasturxondagi taomlarga tibbiyot tomonidan yondashilsa, bayram ziyofatida iste’mol qilinadigan ko‘plab taomlar sog‘liqqa katta zarar yetkazadi. Kelayotgan yilda sog‘liq borasida muammolarga duch kelmaslik uchun ehtiyot bo‘lish kerakligini unutmaslik lozim.
Marinadlangan yeguliklar
Foto: Marie Claire
Tuz, shakar, ziravor, sirka, sharob – bunday qism odatda tuzlamalarda mujassam bo‘ladi. Ular salat yoki boshqa bir taomlar tarkibida va alohida iste’mol qilish uchun ham dastuxondan joy oladi. Yaxshi tomoni shundaki, tuzlamalar ovqat hazm qilish intensivligini oshiradi, ishtahani ochadi. Shuning uchun ham ortiqcha ovqatlanish xavfi avtomatik tarzda ortadi. Ammo har qanday taom va tuzlangan bodringni me’yoridan ortiq iste’mol qilish shilliq qavatni osongina bezovta qiladi. Natijada oshqozon buzilishi kuzatiladi.
Gazlangan ichimliklar
Foto: Marie Claire
Masalan, 1 litr kola tarkibida 100 grammgacha shakar bor va uning energiya qiymati 400 kkalni tashkil etadi. Ma’lumki, gazlangan ichimlik bayram dasturxoni uchun sotib olinishi kerak bo‘lgan birinchi mahsulotdir. Ammo ular tanadan kalsiyni chiqarib tashlaydi, bo‘yoq, shirin ta’m beruvchi sun’iy qo‘shimchalar va ortofosfor kislotasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Yaxshisi, gazlangan ichimliklarni sharbat yoki choylar bilan almashtirish maqsadga mufoqdir.
Salatlar
Foto: Marie Claire
An’anaga ko‘ra, bayram dasturxonida olive va mimoza salatlari boshchilik qiladi. Ammo ikkala salat ham o‘z ichiga bir necha mahsulotni oluvchi murakkab tarkibga ega. Muammo shundaki, mahsulotlarning ko‘pini bir-biri bilan hazm qilish qiyin. Shuningdek, mayonez va boshqa souslar bilan jarayon yanada qiyinlashadi. Masalan, mayonez o‘rniga kam yog‘li smetana yoki yogurtdan foydalanish mumkin. Kolbasa o‘rniga esa go‘sht, tuzlangan bodring emas, shunchaki oddiy bodringdan salat tayyorlash oldindagi muammolarni biroz bo‘lsada bartaraf etadi.
Tort va shirinliklar
Foto: Marie Claire
Odatda shirinlik va tortlar qorin to‘yib, hazm qilish jarayoniga o‘tishni boshlaganda iste’mol qilinadi. Agar bayram dasturxonidan yuqoridagi barcha narsa iste’mol qilingan bo‘lsa-yu, navbat tort yoki shirinlikka kelgan bo‘lsa, oshqozon buning uchun hech qachon «rahmat» aytmaydi. Shirinlikka juda o‘chlar esa ularni mevalar bilan almashtirishi mumkin.
«Tartaletka»lar
Foto: Marie Claire
Xamirdan tayyorlangan «tartaletka»lar ichiga zaytundan tortib, qizil ikragacha solinishi mumkin. Yuqori kaloriyaga boy xamir ichidagi «nachinka»lar esa yana oshqozon uchun og‘irlik qiladi va uning zo‘riqishiga olib keladi. Shundan so‘ng ortiqcha vazn, oshqozondagi nozik muammolar bilan kurashishga tayyor turish mumkin, albatta.
Mandarinlar
Foto: Marie Claire
Mandarin faqatgina yangi yil mevasi emas. U juda foydali xususiyatlarga ega. Tarkibida beta-karotin, kaliy, A vitamini, antioksidant va boshqa ko‘p miqdordagi moddalar mavjud. Lekin bayram dasturxonida ortiqcha iste’mol qilingan mandarinlar allergiya, jig‘ildon qaynashi va gastrit xurujini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bayram kuni uni boshqa mevalar bilan almashtirish foydadan holi bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”