
Superliganing 28-turidan o‘rin olgan qiziqarli bahs — “Buxoro” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv murosaga keldi. Yuqori shiddatda kechgan bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘limda har ikki jamoa himoyada ishonchli harakat qildi, ammo hisob ochilmadi. Ikkinchi taym boshida “Neftchi” ustunlikni qo‘lga kiritdi — 51-daqiqada Vladimir Yovovich jamoasiga kerakli golni urdi. Ammo “Buxoro” taslim bo‘lmadi va so‘nggi daqiqalarda kurashni kuchaytirdi.
82-daqiqada Dominik Begich Yosim Tomashevichning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi. Bu gol “Buxoro” uchun nafaqat ochko, balki ruhiy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etdi.
Bellashuv davomida o‘yin kayfiyati keskinlashdi. 58-daqiqada “Neftchi” hujumchisi Kolakovich va Yovovich o‘rtasida tortishuv chiqdi. Bu mojaroga Ikrom Aliboyev va Azizbek Omonov ham qo‘shildi. Vaziyat natijasida sudya Aliboyevni qizil kartochka bilan maydondan chetlatdi.
“Buxoro” bir nafar ko‘pchilikda qolgan bo‘lsa-da, faqat so‘nggi daqiqalarda gol urishga erishdi. Tomonlar bir ochkodan bo‘lib, bahs teng natija bilan yakunlandi.
Uchrashuv natijasi:
“Buxoro” – “Neftchi” 1:1
Gollar: Dominik Begich (82’) – Vladimir Yovovich (51’)
Buxoro — Otabek Boymurodov, Izzatillo Po‘latov, Ravshan Xayrullayev (Anvar Jo‘rayev, 81), Azizbek Amonov, Frane Chiryak, Muhammad Yo‘ldoshev (Amirbek Saidov, 66), Yosip Tomashevich, Dominik Begich, Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo‘rabekov (Bilol Tupliyev, 46).
Neftchi — Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Abror Ismoilov (Bilol Toshmirzayev, 90+2), Vladimir Yovovich (Quvondiq Ro‘ziyev, 77), Jamshid Iskanderov (G‘ulomhaydar G‘ulomov, 90+2), Anvar G‘ofurov, Muhsin Ubaydullayev, Yovan Jokich, Zoran Marushich (Silvanus Nimeli, 86), Farrux Sayfiyev.
Ogohlantirishlar: Zoran Marushich (31’), Yosim Tomashevich (50’)
Chetlatish: Ikrom Aliboyev (58’)
Farg‘onaliklar hozircha chempionlik uchun kurashayotgan “Nasaf”dan 3 ochko oldinda bormoqda. Qarshiliklar esa o‘z navbatida “Mash’al”ga qarshi bahsda ustunlik uchun maydonga tushishadi.
“Buxoro” va “Neftchi” o‘rtasidagi bu bellashuv nafaqat hisob, balki maydondagi ruhiy kurash bilan ham esda qoldi — har ikki jamoa oxirgi daqiqagacha g‘alaba uchun jonkuyarona harakat qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!