date

Rossiyaliklarga endi har safar yangi Shengen vizasi kerak bo‘ladi

Rossiyaliklarga endi har safar yangi Shengen vizasi kerak bo‘ladi

Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolari uchun Shengen vizasi olish tartibini o‘zgartirdi. Endilikda rossiyalik sayohatchilarga ko‘p martalik viza berilmaydi — ular har bir safar uchun alohida bir martalik viza olishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu qaror YEI tomonidan Rossiya bilan avval amal qilgan vizaviy kelishuvni bekor qilish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish doirasida qabul qilingan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu o‘zgarish Rossiya fuqarolarining Yevropaga sayohatini murakkablashtiradi, chunki endi har bir tashrif uchun yangidan hujjatlar to‘plami topshirish va konsullik yig‘imini to‘lash talab etiladi.

Avvalroq Rossiya fuqarolari 1 yildan 5 yilgacha amal qiladigan ko‘p martalik Shengen vizalarini olish imkoniyatiga ega edi. Endi esa YEI mamlakatlariga kirish istagidagi rossiyaliklar har safar yangidan murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Yevropa Ittifoqi vakillariga ko‘ra, ushbu chora xavfsizlikni ta’minlash va Rossiya bilan diplomatik aloqalardagi hozirgi siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda joriy etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaliklarga endi har safar yangi Shengen vizasi kerak bo‘ladi