
Majburiy ijro byurosi Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo sudining 15.06.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi ATB “Qishloqqurilishbank” foydasiga 419 mln. 984 ming so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Shuningdek, Qonunning 21,48 va 87-moddalariga asosan qarzdor korxonaning barcha hisob raqamlariga davlat ijrochisining qarori bilan band solingan hamda inkasso topshiriqnomasi ijro qilishlik uchun yuborilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlri davomida qarzdor korxona tomonidan 419 mln. 984 ming so‘m kredit qarz pullari undirilib, undiruvchi ATB “Qishloqqurilishbank” hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlangan.
Majburiy IjroBo‘stonliq TumaniChirchiq TumaniKredit QarziQishloqqurilishbankIjro Hujjati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar