Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi «Chimboy guzari» mahallasida bo‘ldi. Qayd etilishicha, odamlar bu yerga 2000 yillardan o‘rnasha boshlagan. Uylar rejasiz qurilgani sababli ko‘chalar tartibsiz bo‘lib qolgan, elektr energiyasi va ichimlik suvi yetishmasdi.
Hozirga kelib mahalla aholisi 14 mingdan oshgan. Bu yerda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalasi dolzarb bo‘lib bordi. Va hudud yaqinda «Obod mahalla» dasturi doirasida obodonlashtirildi. Ko‘chalar ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchasi qurildi.
Transformator va ustunlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari tortildi. Ariqlar tozalanib, daraxtlar ekildi.
Mahallada ish joyi va tibbiy xizmat yo‘q edi. Shu bois yengil konstruksiyadan to‘qimachilik korxonasi tashkil etildi. Bu yerda 300 dan ortiq xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Davlat rahbari ular bilan suhbatlashdi.
«Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizlarning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Qo‘lida hunari bor ayolning kayfiyati yaxshi, oilasi ham barqaror bo‘ladi. Bunday ishlarni hali ko‘p qilishimiz kerak. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz. Birlashib, hamma rejalarni amalga oshira olamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident bu yerda mahalla markazi qurish, shahardagi boshqa og‘ir ahvoldagi hududlarni ham obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shu yerdagi tibbiy xizmat punkti ham ko‘zdan kechirildi. Qoraqalpog‘istonda yangi klinikalar qurish, tibbiyot klasterlari tashkil etish rejalari muhokama qilindi.
Mahallaning Ko‘ktepa ko‘chasidagi 8 ta uy namunaviy xonadonga aylantirilgan. Hovlilar tartibga keltirilib, issiqxonalar qurilgan. Prezident ulardan biri — Gabit Jusupov xonadonida mehmon bo‘ldi.
«Kechadan beri Qoraqalpog‘istonning eng uzoq, eng og‘ir hududlariga boryapmiz. Hozir menga aytishdi: Nukusda sharoiti yomon yana yettita mahalla bor ekan. Ularni ham obod qilish, yo‘lini, suvini, elektrini to‘g‘rilash bo‘yicha rejalarni belgiladik», — dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi