Qidiruvdagi avtokran Nukus shahri ko‘chalaridan birida topildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 29 sentyabr kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor “B.M.Q” MCHJdan undiruvchi ATB “Asakabank” foydasiga 2,3 mlrd. so‘m qarz undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida “ZOOMLION QY26VF” rusumli avtokran mavjudligi aniqlanib, unga nisbatan boshqarma davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Qidiruv shu’basi va Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 6 oktyabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirida qarzdorga tegishli bo‘lgan maxsus texnika Nukus shahri markaziy ko‘chalaridan birida harakatlanib kelayotgan paytida topilib, maxsus jarima maydonchasiga joylashtirilgan.































Izohlar 0
…