Qarzdorning mulki kredit qarzini undirish uchun auksionga chiqarildi

Bugungi kunda bank kreditlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish, bank oldidagi kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro ishi doirasida qarzdorlikni qoplash maqsadida uning nomidagi ko‘chmas mulkka qonunchilikda belgilangan tartibda taqiq qo‘yilib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor S.K.U MCHJ AT Aloqa bank foydasiga 4,2 mlrd so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Qarzdorlikni qoplash uchun qarzdorga tegishli bo‘lgan Nukus shahri, Jeke Terek mahallasi, O‘zbekiston guzari ko‘chasida joylashgan garovdagi noturar joyga undiruv qaratilgan. Uyning boshlang‘ich bahosi 5,2 mlrd so‘m etib belgilanib auksionga chiqarildi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…