Bank oldidagi qarzdorlik sababli ko‘chmas mulk auksionga chiqarildi

Bugungi kunda bank kreditlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish, bank oldidagi kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro ishi doirasida qarzdorlikni qoplash maqsadida uning nomidagi ko‘chmas mulkka qonunchilikda belgilangan tartibda taqiq qo‘yilib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor B.N. MCHJ va A.Ilardan Asaka bank Nukus BXO foydasiga 707,8 mln so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Qarzdorlikni qoplash uchun qarzdorga tegishli bo‘lgan Nukus shahri, "Gulzor" mahallasi, O‘zbekiston guzari ko‘chasida joylashgan garovdagi noturar joyga undiruv qaratilgan. Uyning boshlang‘ich bahosi 812,5 mln so‘m etib belgilanib auksionga chiqarildi.































Izohlar 0
…