Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant
Fevral oyi oxiridan beri Ukraina bilan urush boshlagan Rossiyadan aholining ommaviy ravishda chiqib ketishi holatlari kuzatildi — Kreml siyosatiga qarshi va repressiya kuchayishidan cho‘chigan yuz minglab odamlar mamlakatni tark etdi, deb yozadi «Mediazona».
Rossiyaliklarning ko‘pchiligi Markaziy Osiyo davlatlarini tanladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentga besh ming nafar odam kirib kelgan — asosan ijodkor shaxslar va IT sanoati vakillari.
Toshkentga yangi ko‘chib kelganlarning ba’zilari, aynan nima uchun poytaxtni tanlagani haqida aytib berdi.
«Ko‘pchilik bizni tushunadi»
Novosibirsklik zamonaviy san’at loyihalari kuratorlari 28 yoshli Elina va 33 yoshli Pavel Rossiyadan ketish haqida urush boshlanmasdan oldin o‘ylaganini aytadi.
Urushga qarshi mitinglar tarqatib yuborilgach, ular uchun hatto shaxsiy hayot ham tahdid ostida qolganligi ayon bo‘ldi. Shu sababli 3 mart kuni Pavel va Elina chipta sotib olib, ertasi kuni ta’tilga ariza yozishdi va 6 mart kuni tunda mamlakatni tark etishdi.
Pavelning aynan Toshkentni tanlashiga zamonaviy mahalliy san’at festivali elchisi sifatida tashrif buyurgani sabab bo‘lgan. O‘sha vaqtning o‘zidayoq er-xotinda «madaniy aloqalar» paydo bo‘ldi, ular bu yerga bejizga kelmas edilar. Elinaning e’tirof etishicha, Novosibirskdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysning mavjudligi qayta ovoragarchilikni va Moskvadagi qayta tekshiruvlardan ozod qiladi.
Emigrantlarning aytishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘plab erkinliklar paydo bo‘lgan: mamlakatda ko‘p davlatlar bilan vizasiz rejim joriy qilingan, hukumat vakillari IT mutaxassislarni faol taklif qilishmoqda, valyuta operatsiyalari ham legallashtirilgan.
Elinaning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy mehmondo‘stlik haqida uning tasavvurlari o‘zini to‘liq oqlagan.
- Odamlarning samimiyligi bizda katta taassurot qoldirdi. Biz bunday ochiqlik, mehribonlik, bag‘rikenglikni kutmagan edik, muloqot qilishda ham hech qanday muammolar uchramadi. Ko‘pchilik bizni tushungan holda munosabat bildirishyapti. U ham bo‘lsa o‘z hamkasblarimiz emas, balki bozordagi sotuvchilar, ijarachilar, taksichilar va oddiy o‘tkinchi odamlar, — deb ta’kidlaydi rossiyalik er-xotin.
Novosibirskliklar Toshkent hayotida ba’zi salbiy jihatlarga ham guvoh bo‘lishdi, masalan, ular hattoki Rossiya byurokratiyasidan ham battarrog‘iga uchrashganini aytib o‘tishdi.
- Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish, JSHSHIR olish, telefon va SIM kartalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, karta va valyuta ayirboshlash ishlari ko‘p vaqt va sabrni talab etadi. Ayniqsa, bu davlat xizmatlariga tegishli. Provayderlar bilan ba’zida muammolar chiqib turadi. Ko‘p hollarda uy internetidagi uzilishlar va jamoat joylarida internatga ulanib bo‘lmaslikka guvoh bo‘lamiz. Boshqa tomondan olib qaraganda, Germaniyadagidan ko‘ra bu yerdagi internet yaxshiroq ishlaydi, — deydi Elina.
Garchi o‘z madaniy muhitidan uzoqda yashash oson bo‘lmasa-da, novosibirskliklar uyga qaytish haqida hali o‘ylab ko‘rishmagan.
«O‘zbekistonga hatto biror marta ham kelmaganlar uchun ham yashash uchun hamma narsa tayyor»
Barmen sifatida ishlab kelgan, peterburglik 18 yoshli Kirill o‘z akasi Artemiy bilan Rossiyadan chiqib ketdi.
Aka-ukalar O‘zbekistonga kelish narxlari boshqa mamlakatlarga qaraganda arzon ekanligi va ularning onasi asli navoiylik bo‘lgani uchun bu yerni tanlashdi. Avvaliga ular Yerevanga ketishni o‘ylashdi, ammo Moskva—Yerevan chiptasi 200 ming rubl (22-23 mln so‘m), Toshkentga esa Yekaterinburg orqali uchilsa ham 50 ming rubl (6 mln so‘m) ketishini bilishdi.
Ular O‘zbekistonga birinchi marta kelishdi, ammo mamlakat haqida ko‘p bora onasidan eshitishgan edi. Toshkent ularni iliq kutib oldi.
- Bu yerda hamma yaxshi munosabatda bo‘lishyapti, odamlar samimiy va xushchaqchaq, Rossiyaning katta shaharlaridan deyarli farq qilmaydi. O‘zbekistonga hatto biror marta ham kelmaganlar uchun ham yashash uchun hamma narsa tayyor, — deydi Kirill.
Kirillning aytishicha, Rossiyada yaqinlari va qarindoshlari qolgan bo‘lsa ham u yerga qaytib ketishi hali noma’lum.
«Bu yerda hamma yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor»
27 yoshli musiqachi va fotosuratchi Ivan Rossiyadan 5 mart kuni ko‘chib ketdi. U Sheremetevodan Samarqandga, so‘ng Toshkentga keldi.
Ivanning aytishicha, bu yerda hamma yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor. Shaharda maxsus tadbirlar tez-tez o‘tkazib turiladi, kelganlar o‘zaro tanishishadi, poytaxt hayotiga ko‘nikish haqidagi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishadi.
Musiqachi yaqin kunlarda Rossiyaga qaytib ketishni rejalashtirmayapti va buning qachonligini ham oldindan ayta olmaydi.
«Toshkent — non shahri 2.0»
«Mediazona»ning eslatishicha, O‘zbekiston Rossiyadan migratsiya markaziga birinchi marta aylanayotgani yo‘q. O‘tgan asrning 20 yillarida va Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston bir millionga yaqin odamlarni, jumladan, 200 ming nafar bolani qabul qilgan. O‘sha yillarda «Toshkent — non shahri» iborasi paydo bo‘lgan. «Mediazona» rossiyaliklarning hozirgi oqimini «Toshkent — non shahri 2.0» deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi