date

Rayo Valyekano – Real: Madriddagi derbi tarkiblari


La Liganing 12-turida "Rayo Valyekano" va Madriddagi "Real" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Quyida ehtimoliy boshlang'ich tarkiblar bilan tanishing.

"Rayo Valyekano": Batallya (darvozabon), Chavarrija, Nobel Mendi, Lejon, Ratsiu, Siss, Unai Lopes, Alvaro Garsiya Rivera, Palason, de Frutos, Jurovski. "Real": Kurtua (darvozabon), Fransisko Garsiya, Xoysen, Militao, Aleksandr-Arnold, Kamavinga, Vinisius Junior, Jud Bellingem, Gyuler, Braim Dias, Mbappe.

"Rayo Valyekano" safida Felipe Luis jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. "Real" jamoasida esa David Alaba, Daniyel Karvaxal, Antonio Ryudiger, Federiko Valverde, Orelien Tchuameni hamda Franko Mastantuono turli jarohatlar tufayli safdan chiqqan.

Shuningdek, Xabi Alonso ushbu uchrashuvda "Real"ning chap qanot himoyachisi Alvaro Karerasga dam berishni rejalashtirib, uning o'rniga Fan Garsiyaga imkoniyat taqdim etishini ma'lum qildi. "Real" ketma-ket to'rt uchrashuvda g'alaba qozonib kelmoqda.

So'nggi turda ular "Valensiya"ni 4:0 hisobida mag'lub etishgan. "Rayo Valyekano" esa 11-turda "Vilyarreal"ga 0:4 hisobida yutqazib qo'ydi.

Madriddagi derbi bugun, 9-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:15da "Campo de Valyekas" stadionida boshlanadi. Ushbu o'yinning matnli onlayn-translyatsiyasini o'tkazib yubormang.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Rayo Valyekano – Real: Madriddagi derbi tarkiblari