
"Borussiya" Dortmund 10-turning "Hamburg" bilan oʻtkazilgan safar uchrashuvida ustunlik qilgan boʻlsa-da, yakunda gʻalabani qoʻldan chiqardi. "Asalarilar" koʻplab imkoniyat yaratishdi, ammo zarbalari aniq boʻlmadi.
Birinchi boʻlimning eng yaxshi vaziyatini mezbonlar yaratdi: Nikolass Kapaldo Georgi Goʻcholashvili tomonidan yoʻllangan krossni bosh bilan darvozaga yoʻnaltirdi, ammo toʻp toʻsinni urib, chetga ketdi. 64-daqiqada Nikko Shlotterbek toʻpni Karni Chukvuemekaga uzatdi va u zarba bilan hisobni ochdi – 0:1.
Ammo yettita qoʻshib berilgan daqiqada Ransford Kenigsdorffer bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi – 1:1. "Borussiya" turnir jadvalida uchinchi oʻrinda, "Hamburg" esa 12-pogʻonada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar