
Kristal Pelas yarim himoyachisi Adam Uorton o‘zining Manchester Yunaytedga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi. "Bu xabarlarni kim tarqatayotganini bilmayman.
Manchester Yunayted boshqa yirik jamoalar kabi 10-20 nafar futbolchini kuzatib boradi. Agar men ulardan biri bo‘lsam, bu unchalik katta gap emas.
Mening vazifam – maydonda o‘z mahoratimni isbotlash", – deydi Uorton The Athletic nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Uortoning Kristal Pelas bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar