
Ispaniya chempionatining oʻn ikkinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. Madridning "Atletiko" klubi oʻz maydonida "Levante" jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va qiyinchilik bilan gʻalabaga erishdi.
Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirdi. U jamoasi oʻyinni nazorat qilganini taʼkidladi.
"Raqib kuchli qarshilik koʻrsatdi, ammo biz oʻz futbolimizni oʻtkazishga muvaffaq boʻldik va oʻyinni nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda raqibga bosimni oshirdik va bu bizga hal qiluvchi gollarni taqdim etdi", - dedi Simeone, uning soʻzlarini Ispaniyaning Marca nashri keltirgan.
Chempionatning navbatdagi turida "Atletiko" "Xetafe" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar