
Izzat Shukurovning aytishicha, 2025 yilda o‘ylagan barcha niyatlarim, maqsadlarimga ortig‘i bilan erishdim.
San’atkor 2025 yilni o‘zi uchun sermahsul va natijali yil sifatida baholab, bu yo‘ldagi mehnat samarasi sezilib turganini ta’kidladi.
U 2026 yil uchun ham katta rejalarini ochiq aytdi. Katta rejalarimdan biri konsert berish. Hozircha sanasi noma’lum, ammo yakkaxon konsertimni o‘tkazishim aniq, deydi u.
Demak, muxlislar alohida katta sahna kechasini kutishi mumkin.
Izzat Shukurov keyingi uch yilda Yangi yilni oilasi bilan kuta olmaganini ham yashirmadi.
Yaqin uch yil ichida Yangi yil bayramini hali oilam bilan kutmadim, boshqa hamkasblarim qatori el xizmatida bo‘ldim. Biroq bu yil u oilaviy nishonlashni rejalashtirgan: ammo bu yil, albatta, oilaviy nishonlashni rejalashtirib turibman, xizmatlarni esa kunduziga ko‘chiramiz, dedi u.
San’atkor uchun hayotda eng muhimi sog‘lik-salomatlik ekanini aytib, xalqimizga doim sog‘ bo‘lishlarini tilayman, deya tilak bildirdi.
Suhbat oxirida u 2025 yilda trendda bo‘lgan san’atkorlardan G‘aybulla Tursunovni aniq ayta olaman, ayollardan esa hech kimni kuzatmadim, deya fikr bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.