
Turinning «Yuventus» klubi «Vest Hem» tayanch yarim himoyachisi Gido Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olishi ehtimoli bor. Bu haqda ishonchli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi Italiya grandi taklifiga ijobiy qaramoqda. «Vest Hem» ham yanvar oyida futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor, endi transfer bo‘yicha yakuniy qaror «Yuventus» tomonida qolmoqda.
Joriy mavsumda 31 yoshli Rodriges barcha musobaqalarni hisobga olganda olti uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan ajralib turmadi.
Yarim himoyachining London klubi bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Transfermarkt portalida futbolchining bozordagi bahosi 6 million yevroga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.