Lisa tanlagan TOP-6: BLACKPINK yulduzining sevimli koreys seriallari

Lisa tanlagan TOP-6: BLACKPINK yulduzining sevimli koreys seriallari

Dunyoga mashhur BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa muxlislar e’tiboriga o‘zining sevimli koreys seriallari ro‘yxatini havola etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda xonandaning eng yoqtirgan olti dramasi jamlangan bo‘lib, ular orasida romantika, fantastika, drama va triller janridagi mashhur loyihalar bor.

Ro‘yxatdan birinchi o‘rinni bolalikdan do‘st bo‘lgan ikki insonning hayot yo‘llari yana kesishishi haqida hikoya qiluvchi «Love Next Door» seriali egallagan. Shuningdek, Lisa «Goblin» mistik-romantik dramasini ham o‘z tanloviga kiritgan. Unda o‘lmas mavjudot va yosh qiz o‘rtasidagi noodatiy muhabbat hikoyasi tasvirlanadi.

Xonandaning sevimlilari orasida hashamatli turar joydagi oilalar, sirlar va qasos haqida hikoya qiluvchi «The Penthouse», shuningdek, 1990 yillardagi yoshlik, orzular va muhabbatni aks ettiruvchi «Twenty-Five Twenty-One» ham bor.

Lisanining sevimli koreys seriallari ro‘yxati tushirilgan qora rangli reklama varag‘i.

Ro‘yxatning qolgan qismidan esa 1987-yilgi Seul voqealari fonida kechadigan «Snowdrop» hamda Janubiy Koreyalik qizning kutilmaganda Shimoliy Koreyaga tushib qolishi haqida hikoya qiluvchi «Crash Landing on You» o‘rin olgan.

Olti xil syujet va turli janrlarni birlashtirgan ushbu ro‘yxat Lisa muxlislari, ayniqsa koreys dramalarini sevib tomosha qiladiganlar orasida qiziqish uyg‘otdi. Endi muxlislar xonanda tavsiya qilgan seriallarni tomosha qilish uchun yana bir sababga ega bo‘lishdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar