Lola Yuldasheva ajrashish haqidagi mish-mishlarga oilaviy surati bilan javob berdi

Xonanda Lola Yuldasheva turmush o‘rtog‘i va jajji qizi bilan tushgan oilaviy suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi. Ushbu surat so‘nggi paytlarda san’atkorning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq turli taxminlarni muhokama qilayotgan muxlislar e’tiborini tortdi.
Suratda xonanda oila a’zolari bilan birga quvnoq kayfiyatda, tabassum bilan suratga tushgan. Foydalanuvchilar esa mazkur oilaviy kadr ostida Lola Yuldashevaga samimiy tilaklar bildirib, uning oilasiga baxt va totuvlik tilashmoqda.
So‘nggi vaqtlarda xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim videolari ortidan uning oilaviy hayotida muammolar borligi, hatto turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan edi. Bunga Lola Yuldashevaning uzoq tanaffusdan so‘ng "Biroz dam olishimiz kerak edi" mazmunidagi izoh bilan video joylagani ham sabab bo‘lgan.
Biroq xonanda ajrashgani haqida rasman hech qanday ma’lumot bermagan. Uning turmush o‘rtog‘i va qizi bilan tushgan yangi surati esa muxlislar orasida yana muhokamalarga sabab bo‘ldi.































Izohlar 0
…