Jumadulla Rametov bugun 71 yoshni qarshiladi

Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Jumadulla Rametov 71 yoshni qarshiladi.
Jumadulla Rametov 1955 yil 24 noyabrda tug‘ilgan. U 1981 yilda Toshkent davlat teatr va san’at institutini tamomlagan. 1983 yildan O‘zbek milliy akademik drama teatrida aktyor sifatida faoliyat boshlagan.
San’atkor teatr sahnasida ham, kino sohasida ham bir-biridan farqli obrazlarni gavdalantirib, tomoshabinlar e’tiborini qozongan. U «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Arshin mol-olan», «Maysaraning ishi», «Qaytar dunyo» kabi spektakllarda turli rollarni ijro etgan. Shuningdek, «Tundan tonggacha», «Osmondagi bolalar», «Asal oyi» kabi filmlarda ham suratga tushgan.
Jumadulla Rametov 1999 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2025 yil noyabr oyida esa tavalludining 70 yilligi munosabati bilan unga «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni topshirilgan.

Aktyor talabalik payti O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova bilan uchrashadi va u bilan 1981 yilda turmush quradi. Ularning 2 o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek Rametov, ikkinchi o‘g‘li 1988 yilda tug‘ilgan Aziz Rametov. Aziz Rametov hozirda aktyor sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Tahririyatimiz nomidan Jumadulla Rametovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz. Ustoz san’atkorga mustahkam sog‘lik va xotirjamlik tilab qolamiz!
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…