Munisa Rizayevaning o‘g‘li Aleks ikki yoshga to‘ldi (foto)

Xonanda Munisa Rizayeva oilasida quvonchli kun. Bugun, 24 noyabr kuni san’atkorning o‘g‘li Aleks ikki yoshni qarshi oldi. Xonanda ushbu sana munosabati bilan farzandi bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi.
Munisa Rizayeva e’lon qilgan kadrlarda ona va bolaning tug‘ilgan kun fotosessiyasidan lavhalarni ko‘rish mumkin. Fotosessiya uchun ular qora rangli liboslarni tanlagan. Suratlarda xonanda o‘g‘li bilan birga turli obrazlarda namoyon bo‘lgan.
San’atkor suratlar ostida farzandini ingliz va o‘zbek tillarida tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga samimiy tilaklarini yo‘llagan.
“Happy Birthday, Aleeks! Tug‘ilgan kuning bilan, jonim bolam!” — deb yozgan Munisa Rizayeva.

Xonandaning muxlislari va kuzatuvchilari ham ushbu quvonchli kun munosabati bilan izohlarda Aleksni tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxtli bolalik va yorqin kelajak tilamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Munisa Rizayeva 2024 yil 24 noyabr kuni ilk bor ona bo‘lgan. Shu tariqa, xonandaning o‘g‘li bugun o‘zining ikkinchi tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…