Bibisora Assaubayeva Javohir Sindorov bilan tushgan suratini yurak belgisi bilan ulashdi

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bilan birga tushgan yangi suratini Instagram sahifasida e’lon qildi. Suratga qo‘shilgan qizil yurak belgisi esa ijtimoiy tarmoqlarda turli taxmin va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
22 yoshli shaxmatchi suratda 20 yoshli Javohir Sindorov hamda ularning umumiy do‘sti va sekundanti Muhiddin Madaminov bilan birga aks etgan. Assaubayeva suratga qora shaxmat piyodasi, duo qilayotgan qo‘llar va qizil yurak emojilarini joylashtirgan.
Sports.kz nashri ushbu ramzlarni Bibisoraning Javohirga nisbatan alohida munosabati sifatida talqin qildi. Bundan tashqari, shaxmatchi Telegram kanalida ayiqcha surati bilan birga «4» izohini ham qoldirgan.
Assaubayeva avval ham Sindorovni qo‘llab-quvvatlashini namoyish etgan. U o‘zbekistonlik grossmeysterning jahon chempionligi uchun kechayotgan bahsini bevosita kuzatish maqsadida Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tkazilgan WR Women's Chess Tour 2026 grand-finalida qatnashishdan voz kechgani aytilmoqda. Hozirda u Shveysariyaning Jeneva shahrida Javohirni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi jahon shaxmat tojini qo‘lga kiritish uchun bahs olib bormoqda. Dastlabki ikki klassik partiya durang bilan yakunlangan, hisob 1:1 ni tashkil etgan. Uchinchi partiya 26 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…