Lola tarmoqlarda yana ko‘rinish berdi: Lolani sog'inganlar uchun maxsus

Lola tarmoqlarda yana ko‘rinish berdi: Lolani sog'inganlar uchun maxsus

Bir muddatdan buyon ijodiy faoliyati haqida deyarli ma’lumot bermayotgan xonanda Lola internet tarmoqlarida yana ko‘rinish berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

“Lolani sog‘inganlar uchun” degan izohlar bilan ulashilayotgan videolarda xonanda tadbirlarda ishtirok etayotgan lavhalar aks etgan. Ko‘plab muxlislar ushbu videolarni iliq kutib olib, sevimli san’atkorini yana sahnada ko‘rishni istashlarini yozmoqda.

Aktrisa Asal Shodiyeva ham o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Lola ishtirokidagi videolarni ulashgan. Unda u xonandaning ko‘rinishi va kayfiyatini iliq so‘zlar bilan baholagan.

Lola tarmoqlarda yana ko‘rinish berdi: Lolani sog'inganlar uchun maxsus

Muxlislarning fikricha, Lola har doimgidek o‘zining nafisligi, xushchaqchaqligi va go‘zal qiyofasini saqlab qolgan. Biroq xonandaning ijodiy faoliyatga qaytishi yoki yangi loyihalari haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar