Rossiyalik reper Misha Mavashi vafot etdi: o‘lim sababi tekshirilmoqda

Rossiyalik reper Misha Mavashi, asl ismi Mixail Nits, 25-oktyabrga o‘tar kechasi 41 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning Telegram kanalida e’lon qilindi.
Musiqachining yaqinlari dastlab uning o‘limi baxtsiz hodisa oqibatida yuz berganini ma’lum qilgan. Voqea tafsilotlari esa o‘rganilayotgani aytilgan.
OAVda tarqalgan dastlabki xabarlarga ko‘ra, reper boshidan o‘qotar quroldan jarohat olgan. Shuningdek, unda miya shishi va ko‘p miqdorda qon yo‘qotish kuzatilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Biroq musiqachining vakillari o‘lim sababi yuzasidan tarqalayotgan ayrim xabarlarni tasdiqlanmagan ma’lumotlar deb atab, shoshilinch xulosa chiqarmaslikka chaqirgan. Huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Misha Mavashi vafotidan atigi o‘n kun oldin uylangani ham ma’lum qilindi. Bu xabar uning muxlislari orasida katta qayg‘u uyg‘otdi.































Izohlar 0
…