Rossiyalik reper Timati sevgilisiga tug‘ilgan kunida qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

Rossiyalik reper Timati sevgilisi Valentina Ivanovaning 33 yoshga to‘lishi munosabati bilan unga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi. San’atkorning tanlagan sovg‘asi — Mercedes-Benz G 63 AMG rusumli hashamatli avtomobil bo‘ldi.
Valentina Ivanova ijtimoiy tarmoqlarda tug‘ilgan kunidan lavhalar bilan bo‘lishdi. U dastlab Timati va ularning qizi Emma bilan tushgan oilaviy suratini e’lon qildi. Keyin esa reper tomonidan taqdim etilgan avtomobilni namoyish etdi.
Hashamatli sovg‘a va oilaviy suratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi.































Izohlar 0
…