Mashhur reper Navai giyohvand modda bilan ushlanib, ikki oyga qamaldi

Mashhur reper Navai giyohvand modda bilan ushlanib, ikki oyga qamaldi

Rossiyalik reper Navai Qozog‘istonga kirish vaqtida qo‘lga olindi. Sud qarori bilan u ikki oy muddatga hibsga olingan. Hodisa sababli artistning Ostonadagi konserti ham qoldirildi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Navai 13 oktyabr kuni Qirg‘izistondan Qozog‘istonga o‘tayotganida «Qorday» chegara nazorat punktida ushlangan. Avtomobilni tekshirish jarayonida giyohvand modda aniqlanib, musodara qilingan. Nashrlar mashinadan 10 gramm marixuana topilganini yozmoqda.

Mazkur holat yuzasidan giyohvand moddalar kontrabandasiga urinish gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa tufayli reperning 14 oktyabr kuni Ostonada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti ham noma’lum muddatga qoldirilgan. Tashkilotchilar buni texnik sabablar bilan izohlagan. Chipta sotib olgan muxlislarga pullarini qaytarish uchun tegishli savdo platformalariga murojaat qilish tavsiya etilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar