«Sevgi iztirobi» yulduzi Neslihan Atagul ilk kitobini nashr ettirdi

1 daqiqa o'qish1
«Sevgi iztirobi» yulduzi Neslihan Atagul ilk kitobini nashr ettirdi

«Sevgi iztirobi» seriali orqali tanilgan turkiyalik aktrisa Neslihan Atagul bu safar muxlislarini yangi qirrasi bilan hayratda qoldirdi. Aktrisa ilk bolalar kitobini nashr ettirib, yozuvchilik faoliyatini ham boshladi. Bu haqda Haber nashri xabar berdi.

«Bu uyda bir ofat bor» («Bu Evde Bir Afet Var») deb nomlangan kitob 9 noyabr kuni Elma nashriyoti tomonidan sotuvga chiqarildi. Asarning rasmlarini rassom Merve Ergenog‘lu chizgan.

Kitob voqealari Afet ismli it atrofida kechadi. U yangi uyiga ko‘chib o‘tgach, yangi oilasi va muhitiga moslashishga harakat qiladi. Hikoya bolalarga itning sarguzashtlari orqali yangi joyga ko‘nikish va oilaga moslashish jarayonini ko‘rsatadi.

Kitob qahramoni o‘zini shunday tanishtiradi: «Salom, men Afetman. Ismim kabi ofatmanmi-yo‘qmi, buni o‘zingiz hal qiling».

Ma’lum bo‘lishicha, Neslihan Atagul aktrisalik faoliyatiga ham qaytishga tayyorlanmoqda. U «Kaderin Cilvesi» nomli yangi serial loyihasida ishtirok etishi kutilmoqda. Shu tariqa aktrisa onalik ta’tilidan keyin ijodiy faoliyatini davom ettirishni rejalashtirgan.

Hozircha uning yana kitob yozish-yozmasligi haqida ma’lumot yo‘q.

Bola va ayol polda o‘tirib, birgalikda rasmli kitobni varaqlamoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?