18:28 / 10.06.2022
2 358

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi
«Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–777-son, 09.06.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan qonunchilikka posilka, pochta kureri kabi tushunchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, pochta xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kurerlik xizmatlari hamda boshqa turdagi pochta xizmatlari tarzida shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Foydalanuvchilarning manziliga oid ma’lumotlar, pochta va kurerlik jo‘natmalari hamda ularning tarkibi to‘g‘risidagi axborot, pochta aloqasi operatorlari hamda provayderlarining faoliyati sohasiga kiradigan boshqa xabarlar, shuningdek ushbu pochta va kurerlik jo‘natmalarining o‘zi pochta aloqasining sirini tashkil etadi.

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplaydi.

Pochta va kurerlik jo‘natmasi topshirilmaganligi, o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yo‘qotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) yoxud o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘lanmaganligi bilan bog‘liq e’tirozlar pochta va kurerlik jo‘natmasi topshirilgan kundan e’tiboran 6 oy ichida taqdim etiladi.

Pochta xizmatlaridan foydalanuvchilar pochta aloqasi xizmatlarining boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan, jo‘natilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni pochta va kurerlik jo‘natmalariga joylash natijasida yoki ular lozim darajada o‘ralmaganligi natijasida yuzaga kelgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident yangi qonunni imzoladi