Axborot texnologiyalari kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibidagi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markaziga (UzInfocom) Husan Isaev rahbar etib tayinlandi. Markaz blogida xabar qilinishicha, 7 noyabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidov jamoaga yangi direktorni tanishtirgan.
Husan Isaev (1972 yil tug‘ilgan) 2014 yil martidan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U Toshkent aloqa elektrotexnika institutini (2000 yil) telekommunikasiya, Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi Oliy biznes maktabini menejment yo‘nalishida (2006 yil) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993 yilda elektromexanik lavozimida boshlagan. Turli yillarda «O‘zbektelekom» kompaniyasida bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori yordamchisi, bosh vazir o‘rinbosari yordamchisi, O‘zAAA lisenziyalash va standartlashtirish bo‘limi boshlig‘i hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasion texnologiyalar davlat qo‘mitasi lisenziyalash va lisenzion shartnomalar ijrosini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
U UzInfocom markaziga 2015 yilning martidan buyon rahbarlik qilib kelgan G‘ayratxo‘ja Saydaliev o‘rnini egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi