
O‘zbekiston AQShda yangi konsulliklarni ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika-O‘zbekiston biznes kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonida so‘z yuritilgan.
Yangi diplomatik vakolatxonalarga AQShning asosiy sohalari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar jalb qilinadi. Shuningdek, ularni ochishda O‘zbekiston diasporasining soni ham hisobga olinadi.
Konsulliklar Chikago, Orlando va Sietl shaharlarda ochilishi kutilmoqda. AQShdagi konsulliklarning muhim vazifalaridan biri barcha shtatlarda yashovchi vatandoshlar diasporasi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilga kelib AQShda yashayotgan o‘zbekistonliklar soni 75 ming kishini tashkil etadi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida AQShga 12,9 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 9,3 foizga oshgan. O‘zbekistonliklarning aksariyati AQShga turist sifatida – 9,2 ming kishi borgan.
3,1 ming kishi qarindoshlarini ziyorat qilgan bo‘lsa, 304 nafar o‘zbekistonlik o‘qish maqsadida tashrif buyurgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.