date

Ekologiya qo‘mitasi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi


O‘zbekistonda ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida Ekologiya qo‘mitasi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorida qayd etilgan.

Jamg‘armaning moliyalashtirilishi uchun joriy yilda davlat byudjetidan 900 milliard so‘m ajratiladi. 2026-yilda esa yana 548 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Kelgusi yildan boshlab jamg‘arma mablag‘lari 20 foiz uglerod birligi savdosidan, jarimalar va kompensatsiya to‘lovlaridan to‘ldirilib boradi. Moliyalashtirishning boshqa manbalari qatorida 2026-yilda 10 foiz, 2027-yilda esa 90 foiz utilizatsiya yig‘imlari ham mavjud.

Shuningdek, shina va pokrishkalarga oid 100 foiz utilizatsiya yig‘imlari ham jamg‘arma foydasiga yo‘naltiriladi. Jamg‘arma huzurida maxsus kengash tashkil etilib, u loyihalarni amalga oshirish va mablag‘larni ajratish jarayonini ochiqlik hamda jamoatchilik oldida hisobotlilik asosida boshqaradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ekologiya qo‘mitasi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi