date

2026 yilgi Jahon chempionati uchun AQSh vizasi haqida ogohlantirish

2026 yilgi Jahon chempionati uchun AQSh vizasi haqida ogohlantirish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik departamenti 2026 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan vatandoshlarni viza masalasini oldindan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, AQSh tomoni vizalar berish infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilab, ayrim davlatlarda suhbat uchun kutish muddatini 6-8 haftagacha qisqartirgan. Ammo kelayotgan chempionat sababli vizaga bo‘lgan talab oshishda davom etishi mumkinligi taʼkidlangan.

Shu bilan birga, chempionatga chiptaga ega bo‘lish AQSh vizasini olishni yoki mamlakatga kirishni kafolatlamaydi. Chipta faqat suhbatga tezroq yozilish imkonini beradi.

Biroq barcha standart tekshiruvlardan o‘tish shart bo‘lib qoladi. Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga faqat rasmiy manbalardan chempionat chiptalarini sotib olishni, noqonuniy ish takliflariga uchmaslikni va turist vizasi mehnat qilish huquqini bermasligini yodda tutishni tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, AQShning migratsiya qoidalariga rioya qilish o‘zbekistonliklar uchun kelgusidagi qarorlar va imkoniyatlarga taʼsir qilishi taʼkidlangan. Qoidalarga rioya qilish ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi hamda sayohat va biznes uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2026 yilgi Jahon chempionati uchun AQSh vizasi haqida ogohlantirish