
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko'ra, Toshkent shahrida bahor-yoz mavsumida o'simliklar va daraxtlarni sug'orish vaqti cheklanmaydi, deb ma'lum qildi shahar hokimligi. Bungacha sug'orish faqat yarim tundan ertalab soat 5:00 gacha ruxsat etilgan bo'lsa, endilikda bu ish kun davomida amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, asosiy yo'llar bo'ylab butalarni haftasiga kamida uch marta yuvish rejasi belgilangan. Ko‘p qavatli uylar maxsus suv tejovchi rezervuarlar bilan jihozlanadi.
Ushbu chora-tadbirlar shaharni namlik va kislorod bilan boyitib, ekologik holatni sezilarli yaxshilashga xizmat qiladi. Bu orqali yashil hududlar kengayadi, chang miqdori kamayadi va ko'chalar aholiga yanada qulayroq bo'ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.