date

O‘zbekiston ASEAN do‘stlik bitimiga qo‘shiladi

O‘zbekiston ASEAN do‘stlik bitimiga qo‘shiladi
ASEANga a’zo davlatlar O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyoda do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishini ma’qulladi. Ushbu qaror Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qabul qilindi.

Mazkur hujjatga qo‘shilish O‘zbekistonning mintaqa bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini faollashtiradi. Janubi-Sharqiy Osiyoda do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (TAS) 1976 yil 24 fevralda Balida imzolangan.

Hujjat mintaqadagi hamkorlikning asosiy tamoyillarini belgilab beradi, jumladan qonuniylikka qat’iy rioya qilish, tinchlikni mustahkamlash va har qanday kelishmovchiliklarni oqilona va moslashuvchan choralar bilan hal qilish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston ASEAN do‘stlik bitimiga qo‘shiladi