date

O‘zbekistonning JST bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralari yakunlanmoqda

O‘zbekistonning JST bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralari yakunlanmoqda

O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi uchun Rossiya bilan olib borilgan muzokaralari deyarli yakunlanmoqda. Bu haqda Prezident Administratsiyasi vakili Azizbek Uronov xabar berdi.

Rossiya bilan muzokaralar o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan. "Muzokaralar amalda yakunlandi: barcha asosiy elementlar kelishib olindi, faqat bir nechta texnik masalalar yakuniy tekshiruv va tasdiqni talab qiladi", — deb yozdi Uronov LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ida.

Kutilishicha, Rossiya tomoni bilan muzokaralar yil oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkaziladigan savdo alyansi kengashi yig‘ilishida yakunlanadi. Maxsus vakilning ta’kidlashicha, Toshkentga tashkilotga a’zo bo‘lish uchun Tayvan bilan muhokamalarni yakunlash qolmoqda.

Rossiya 2012 yil avgust oyida JSTning rasmiy a’zosi bo‘lgan. Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar 18-yil davom etgan. Tayvan esa 2002 yil boshida alyansga qo‘shilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning JST bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralari yakunlanmoqda