date

Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushiradi

Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushiradi
Rossiyaning Wildberries savdo platformasi O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini texnik sinov tariqasida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan nashri ma'lum qildi.

Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, dastlabki bosqichda xizmat "yopiq klub" shaklida faoliyat yuritadi. Bu esa boshqariladigan startni ta'minlash va yo‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratishga imkon beradi.

Avval xizmatni savdo platformasi xodimlari va hamkorlari sinab ko‘radi. Ular, shuningdek, kelajakdagi yo‘lovchilar uchun qulay tariflar, tez yetib keluvchi avtomobillar va "arbuz" nomli onlayn-valyutada 50 foiz keshbek taklif etiladi.

"Yopiq klub formati bizga xizmatni rivojlantirish masalalariga maksimal e'tibor qaratish imkonini beradi. Mahsulotni bosqichma-bosqich ishga tushiramiz va tizimning barcha elementlarini sinchkovlik bilan kuzatamiz.

Klub ishtirokchilarining fikrlari bizga xizmatni yaxshilash va kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi", — dedi WB Taxi rahbari Anatoliy Smorgonskiy. WB Taxi haydovchilarga ham qulay sharoitlarni va'da qilmoqda: past komissiya va xizmat shartlari bajarilganda smena uchun kafolatlangan daromad.

Keyingi bosqichda WB Taxi ish hududlarini kengaytirish va xizmatni barcha foydalanuvchilar uchun ochishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, yoz mavsumida Wildberries’ning O‘zbekistondagi sho‘'ba kompaniyasi WB Taxi kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi.

Shunga o‘xshash xizmat hozirda Belarusda testdan o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushiradi