date

O‘zbekistonda ob-havo: sovuq va kuchli shamol kutilmoqda

O‘zbekistonda ob-havo: sovuq va kuchli shamol kutilmoqda

O‘zbekistonda 9–10-dekabr kunlari sovuq havo va kuchli shamol kuzatiladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, ba’zan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi mumkin.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda. Shimoliy va cho‘l hududlarda shamol tezligi 15–18 m/s gacha kuchayib, ba’zi joylarda 20–22 m/s gacha yetishi mumkin.

Markaziy hududlarda kechasi harorat 2–5 daraja sovuq, kunduzi esa 3–6 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda kechasi 7–10 daraja sovuq, kunduzi 0–3 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 3–8 m/s, kechasi harorat 1–3 daraja iliq, kunduzi esa 5–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bulutli, yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s, kechasi harorat −5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 7–12 m/s, kechasi harorat −2–3 daraja sovuq, kunduzi esa 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 7–12 m/s, kechasi harorat −2–3 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 7–12 m/s, kechasi harorat 2–7 daraja iliq, kunduzi esa 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 7–12 m/s, kechasi harorat −2–3 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, ba’zan kuchli yog‘ingarchilik, tuman va shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lishi kutilmoqda. Kecha va kunduz harorati −4–1 daraja sovuq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ob-havo: sovuq va kuchli shamol kutilmoqda