date

O‘zbekiston koreys kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston koreys kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Janubiy Koreya kompaniyalarining yurtimizdagi yirik loyihalarda faol ishtirok etishini kutayotganini ma’lum qildi. Yonhap axborot agentligi xabariga ko‘ra, Xo‘jayev ushbu fikrlarni Janubiy Koreyaga tashrifi davomida bildirdi.

“Men ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yetkazib berish zanjirlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, infratuzilma/transport va axborot texnologiyalari sohalarida yanada kengayishiga umid qilaman”, — dedi Xo‘jayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 680 dan ortiq o‘zbek-koreys qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli iqtisodiyot so‘nggi sakkiz yil ichida ikki barobar o‘sgan. Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya Toshkent shahrida yangi xalqaro aeroport qurilishida ishtirok etadi.

Ushbu aeroportning 2029 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Hyundai Rotem kompaniyasi 198 million dollarlik yuqori tezlikdagi poyezdlarni yetkazib beradi va o‘zbekistonlik mutaxassislarni ushbu poyezdlarni boshqarish va ta’mirlash bo‘yicha o‘qitadi.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi haqida gapiradigan bo‘lsak, 2025 yil boshiga kelib, bu ko‘rsatkich 1,4 milliard AQSh dollaridan oshdi. Janubiy Koreya O‘zbekistonning asosiy beshta savdo sherigi qatoriga kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston koreys kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiradi