date

2025 yilda Oʻzbekistonga oʻqishga eng koʻp qaysi davlat fuqarolari kelgani maʼlum boʻldi

2025 yilda Oʻzbekistonga oʻqishga eng koʻp qaysi davlat fuqarolari kelgani maʼlum boʻldi

2025 yilning yanvar—noyabr oylarida Oʻzbekistonda taʼlim olayotgan xorijiy fuqarolar soni 37,2 ming nafarga yetdi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 54,3 foizga oshgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Xorijlik talabalar orasida Hindiston fuqarolari yetakchilik qildi — 16,3 ming kishi. Keyingi oʻrinlarda Turkmaniston (8,9 ming) va Tojikiston (2,7 ming) qayd etilgan.

Shuningdek, Oʻzbekistonda oʻqishga kelganlar roʻyxatida Pokiston (1,7 ming) hamda Xitoy (1,4 ming) fuqarolari ham yuqori koʻrsatkich bilan tilga olingan.

Oʻqish uchun faol kelayotgan davlatlar qatorida Janubiy Koreya (870), Qirgʻiziston (823), Misr (737), Filippin (501) va AQSh (464) ham bor.

Yevropa mamlakatlari ichida eng koʻp talaba yuborganlar — Buyuk Britaniya (179), Rossiya (164) va Italiya (94). Top-20 roʻyxatidan Turkiya, Afgʻoniston, Iordaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Eron, Qozogʻiston va Bangladesh ham oʻrin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2025 yilda Oʻzbekistonga oʻqishga eng koʻp qaysi davlat fuqarolari kelgani maʼlum boʻldi