Iraola Semenyo ketishi sabab afsusdaligini yashirmadi

Angliya Premyer-ligasining 21-turida «Bornmut» «Tottenhem»ni mag‘lub etdi va bu natija «giloslar» bosh murabbiyi Andoni Iraolani xursand qildi. So‘nggi haftalarda omad ko‘p bor yuz o‘girganini aytgan ispaniyalik mutaxassis bu g‘alaba jamoa uchun nihoyatda muhim bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq Iraolaning kayfiyati to‘liq ko‘tarinki emas: klub Antoine Semenyoni «Manchester Siti»ga yaxshi summaga sotayotgani sababli u futbolchi bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelishini bildirdi. Murabbiy Semenyo aynan shu o‘yinda o‘z mehnatiga yarasha lahzani topganini, ammo bu uchrashuv uning «Bornmut» safidagi so‘nggisi bo‘lishi ehtimoli yuqoriligini qayd etdi.
21-turdan keyin «Bornmut» Angliya chempionati turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!