date

"Parol" so‘zi o‘rniga "o‘ron" so‘zi ishlatila boshlandimi?

"Parol" so‘zi o‘rniga "o‘ron" so‘zi ishlatila boshlandimi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi 2025 yil iyul oyida xorijiy atamalarni o‘zbekcha ekvivalentlari bilan almashtirish bo‘yicha navbatdagi qarorni qabul qildi. Shu munosabat bilan umumiy 40 ta xorijiy so‘zga o‘zbekcha muqobil so‘zlar topildi.

Ushbu o‘zgarishlar orasida eng ko‘p diqqat tortadiganlari — texnologiya va elektron hujjatlar sohasiga oid so‘zlar bo‘ldi. Xususan, “parol” so‘ziga “o‘ron” degan o‘zbekcha tarjima berilishi e’lon qilindi.

Elektron raqamli imzo va raqamli xizmatlarda “parolni o‘zgartirish” jumlasi o‘zbek tilida “o‘ronni o‘zgartirish” shaklida namoyon bo‘la boshladi. Bu ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun tushunarsiz va noto‘g‘ri talqin qilinishga olib kelmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, ushbu atamalarni to‘g‘ri va aniq tarjima qilish juda muhim, chunki noto‘g‘ri so‘zlar ayrim foydalanuvchilarda adashuv va noto‘g‘ri tushunishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, raqamli xizmatlar va elektron imzo tizimlarida “o‘ron” so‘zining qo‘llanilishi, amaliy jihatdan ham foydalanuvchi uchun tushunarli bo‘lishi kerak.

Atamalar komissiyasi bunday o‘zgarishlar orqali o‘zbek tilini zamonaviy texnologik so‘zlar bilan boyitish va xalqaro so‘zlardan mahrum bo‘lishini oldini olishni maqsad qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » "Parol" so‘zi o‘rniga "o‘ron" so‘zi ishlatila boshlandimi?