10 fevral kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin?

“O‘zgidromet” 10 fevral, seshanba kuni uchun navbatdagi prognozni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatning aksariyat hududlarida havo beqarorlashib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi mintaqa va vodiylarda tuman tushishi ehtimoli ham bor. Shamol esa bir qator viloyatlarda tezligini oshirib, ayrim nuqtalarda ancha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahri
Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 12–14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–10° iliq, kunduzi 14–16° iliq.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bu hududda havo o‘zgaruvchan: ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 2–7° iliq.
Xorazm viloyati
Havo beqaror: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 0–5° iliq, kunduzi 8–13° iliq.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda ba’zida 20–23 m/s gacha chiqishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari
Bu hududlarda ham havo beqaror: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Janubda havo o‘zgaruvchan: ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha, ba’zan 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12° iliq, kunduzi 14–19° iliq.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Vodiyda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi nuqtalarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s. Harorat kechasi 2–7° iliq, kunduzi 10–15° iliq.
Tog‘oldi va tog‘li hududlar
Bu yerda havo yanada injiqroq: vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 2–7° iliq.