date

6 fevral kuni yomg‘ir qorga aylanadi

6 fevral kuni yomg‘ir qorga aylanadi

O‘zgidromet” 6 fevral uchun ob-havo prognozi bilan chiqdi. Unga ko‘ra, juma kuni respublikada havo beqarorlashadi: qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, keyinchalik qorgа aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi, shamol esa ba’zi hududlarda sezilarli kuchayishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘irning qorga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi ham, kunduzi ham 3–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja sovuq, ba’zi joylarda 14 daraja sovuqqacha tushishi mumkin. Kunduzi 0–5 daraja sovuq, ayrim nuqtalarda 7 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Ustyurtda kechasi 15–18 daraja sovuq, kunduzi 9–12 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan: ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin, tuman ham tushishi ehtimol. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ham havo beqaror bo‘ladi: ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilib, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 1–6 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli saqlanadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi: ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman ham tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1–6 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo ancha injiq: vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilib, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Eng muhimi, qor ko‘chishi xavfi saqlanadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 6 fevral kuni yomg‘ir qorga aylanadi