Tomas Frank hushtaklar fonida muxlislardan yordam so'radi

«Tottenhem» muxlislari jamoaning omadsiz natijalari sabab bosh murabbiy Tomas Frankni tez-tez hushtakbozlik bilan qarshi olmoqda. London klubi APL turnir jadvalida hozircha 15-o'rinda bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, mutaxassis stadiondagi muhitni o'zgartirish uchun muxlislarni jamoani qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. Frankning aytishicha, aynan og'ir pallalarda tribunadagi turtki futbolchilarga yanada ko'proq kerak bo'ladi.
«Muxlislar? Biz ularga juda muhtojmiz. Ishlar ko'ngildagidek ketmayotganida, ularning qo'llab-quvvatlashi yanada muhim. Ertaga muxlislar jamoani qo'llab-quvvatlashi nihoyatda zarur. Albatta, buning uchun biz ham nimanidir ko'rsatishimiz shart. Agar muxlislar maydonda yugurayotgan, kurashayotgan va bor kuchini berayotgan jamoani ko'rsa, o'sha sehrli lahzalar tug'iladi», — dedi Frank matbuot anjumanida.
«Tottenhem» 10-fevral, seshanba kuni o'z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!