date
add favorites

10 fevralda ko‘p hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

10 fevralda ko‘p hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 10 fevral uchun ob-havo ma’lumoti bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, seshanba kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir kuzatiladi. Harorat kechasi 8–10° iliq, kunduzi 14–16° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, quyuq tuman tushadi. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 2–7° iliq.

Xorazm viloyatida ba’zi hududlarda yomg‘ir, tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0–5° iliq, kunduzi 8–13° iliq.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ham ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 7–12° iliq, kunduzi 14–19° iliq.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda yengil yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarga tuman tushadi. Harorat kechasi 2–7° iliq, kunduzi 10–15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi ehtimol ham bor. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 10 fevralda ko‘p hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda